"Manchester Yunayted" Xendersonni sotib yubormoqchi va Oblakni xarid qilmoqchi

Alisher
16 noya 2021, 10:58
"Manchester Yunayted" darvozaboni Din Xenderson katta ehtimol bilan klubdan ketadi.

24 yoshli angliyalik ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun manchesterliklar safini tark etmoqchi.

"Qizil iblislar" darvozabonni sotishga qarshi emas va uning o'rniga "Atletiko" darvozaboni Yan Oblakni xarid qilmoqchi.

Xendersonning transferi qishda amalga oshish ehtimoli yuqori, Oblakni esa MYU kelasi yozda xarid qilishga urinib ko'radi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: todofichajes.com