"Manchester Yunayted" Vidal uchun kurashga qo'shildi

Alisher
16 apr 2020, 12:50
"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal uchun taklif tayyorladi.

Shu bilan birga, "Barsa"ning chililik o'yinchisi Italiyaga yo'l olishni maqul ko'rmoqda. Futbolchiga Milanning "Inter" klubi qiziqmoqda.

Qo'shimcha qilish kerakki, "ko'k-anorranglilar" Vidalning sotuvidan 20 million evro atrofida ishlab olishmoqchi.

Chililik futbolchi joriy mavsum La Ligada 22ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es