"Manchester Yunayted" va "Chelsi" o'zaro futbolchi alishmoqchi

Khoja
26 avg 2024, 09:42
"Manchester Yunayted" va "Chelsi" o'zaro o'yinchi almashishi mumkin, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Ma'lumotlarga qaraganda, London klubi "qizil iblislar" vingeri Jeydon Sancho bilan shartnoma tuzmoqchi. "Ko'klar" Sanchoni qo'lga kiritish uchun MYUga Raxim Sterling va Ben Chilvellni berishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Sanchoni "Yuventus"ga o'tishi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq italiyaliklar Sanchoning maoshini to'lay olmasliklari ma'lum bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com