"Manchester Yunayted" Upamekanoni yozda xarid qilmoqchi. Nega?

Sherzod Nurmatov
6 sen 2020, 22:40
"Manchester Yunayted" "Leyptsig" markaziy himoyachisi Dayot Upamekanoni kelasi yozda sotib olishga tayyorlanmoqda.

Bunga sabab iyun oyida francuzning shartnomasida ko'zda tutilgan 38 million funt miqdoridagi tovon pulini to'lab, sotib olish bandi ishga tushadi.

Uning "Leyptsig" bilan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.

Upamekano o'tgan mavsum Bundesligada 27 uchrashuv o'tkazdi va 1 ta gol urdi.

21 yoshli futbolchi Fransiya terma jamoasiga ham chaqirildi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Star