

Ma'lumotlarga ko'ra, gollandiyalik mutaxassisning matbuotda ketishi haqidagi xabarlar tez-tez e'lon qilinishiga qaramay, klub unga hamkorlikni davom ettirish uchun kafolat bergan. Van Gal yozgi rejalar borasida tayyorgarlikni boshlagan va uning asosiy maqsadi yangi hujumchi xarid qilish bo'ladi. U yozda "Everton" forvardi Romelu Lukakuni o'z jamoasi safiga qo'shib olmoqchi.



