"Manchester Yunayted" "Tottenxem" futbolchisi uchun 40 mln. funt to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
29 mar 2017, 14:47
"Tottenxem" yarim himoyachisi Erik Dayer "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida.

Ma'lumotlarga ko'ra, mankunianlar yozgi transfer kompaniyasini 40 mln. funtga baholanayotgan 23 yoshli futbolchi bilan boshlamoqchi.

Erik Dayer transferi amalga oshsa, u joriy mavsum shartnoma yakunlanadigan Maykl Kerrik o'rnini egallaydi. 35 yoshli Kerrik yangi bitim imzolamasa faoliyatini yakunlashi mumkin.

Dayer va "Tottenxem" o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail