

Taniqli insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Erik Dayer "Bavariya"ni tark etib, "Monako"ga yo'l oladi. Nemis klubi futbolchi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan.
Tomonlar o'rtasida kelishuv yakunlandi. Dayerning "Monako" bilan shartnomasi 2027 yil iyunigacha bo'lib, uni uzaytirish imkoniyatini ham bor.
Ingliz futbolchisi "Bavariya"dan erkin agent sifatida ketmoqda. Himoyachi Myunxen jamoasiga 2024 yilda "Tottenxem"dan o'tgan edi.



