"Manchester Yunayted" sport direktori lavozimiga Monchi yoki Paratichini taklif qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
14 avg 2018, 13:10
"Manchester Yunayted" rahbariyati klubda sport direktorligi lavozimini joriy qilmoqchi.

Ayni damda MYU transferlar siyosati asosan ijrochi direktor Ed Vudvord orqali amalga oshiriladi, biroq klub ushbu ish uchun sport direktorini yollamoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qizil iblislar"ning asosiy maqsadi - Ramon Monchi ("Roma") va Fabio Paratichi ("Yuventus"). Biroq ularni qo'lga kiritish juda qiyin.

MYU yana ikki variant - Edvin van der Sar ("Ayaks") va Domeniko Teti ("Novara") nomzodlarini ham ko'rib chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent