"Manchester Yunayted" Serxio Romeroni YCHLda ro'yxatdan o'tkazmadi

Mirjalol Normatov
13 okt 2020
"Manchester Yunayted" posboni Serxio Romero transferlar oynasining so'nggi kunida "Everton"ga o'tishi mumkin edi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, o'shanda "irislar" posbonning ijarasiga 2 mln evro taklif qilgan, biroq mankunianliklar bunga rad javobini bergan. Qiziq tomoni shundaki, "qizil iblislar" 33 yoshli darvozabonni YCHLda ro'yxatdan o'tkazmagan. Bu esa rahbariyat va kiperning o'rtasidagi munosabatlarga yomon ta’sir qilgan. O'z navbatida rahbarlar ham bu borada Romero bilan gaplashib olmagan.

Aytilishicha, "Manchester Yunayted" darvozabonni 8 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic