"Manchester Yunayted" Sanchoni 50 millionga sotmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
21 may 2024, 11:59
"Manchester Yunayted" Jeydon Sanchoning narxini tushirish niyatida emas.

Klub hamon angliyalik transferi uchun 50 million funt so'ramoqda. O'tgan yil yozida ham mankunianlar aynan shunday summa talab qilgandi.

Futbolchining o'zi faoliyatini "Borussiya"da davom ettirishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, Jeydon o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Borussiya"da ijarada  o'tkazdi. Chempionatning 14 uchrashuvida maydonga tushgan vinger 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma etkazib berdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com