"Manchester Yunayted" rus hamkori bilan shartnomani bekor qildi

Оқил Абдубарноев
25 fev 2022, 19:05
"Manchester Yunayted" Ukrainadagi vaziyat tufayli "Aeroflot" bilan hamkorlikni to'xtatdi.

“Ukrainadagi voqealar munosabati bilan "Aeroflot" bilan hamkorlikni to'xtatdik.

Biz butun dunyo bo'ylab muxlislarimizning xavotiriga sherik bo'lamiz va jabrlanganlarga hamdardlik bildiramiz”, - dedi ingliz klubi vakili.

"Manchester Yunayted" Chempionlar ligasida "Atletiko"ga qarshi o'yin uchun Rossiya aviakompaniyasi reysida uchmagan edi. Kecha Buyuk Britaniya "Aeroflot"ga qarshi sankciyalar kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/sistoney67