"Manchester Yunayted" Ronaldu uchun "Yuventus"ga 25 million evro taklif qildi

Aslanov Jasurbek
27 avg 2021, 20:49
"Manchester Yunayted" hujumchi Krishtianu Ronalduning transferi borasida "Yuventus"ga rasmiy taklif bilan chiqdi.

Angliya klubi turinliklarga 25 million evro taklif qildi.

Avvalroq Ronaldu 25 million funt maosh evaziga 2 yillik shartnoma imzolashi aytilgandi.

Shuningdek, "Manchester Siti" Ronaldu transferi bo'yicha muzokaralardan voz kechgani ma'lum bo'lgandi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu "Yunayted"da 2003 yildan 2009 yilgacha to'p surgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph