

Yarim himoyachiga "Manchester Yunayted" jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" fransiyalik futbolchining transferi uchun 75 million evro sarflashga tayyor. Manchesterliklarning fikricha, Kavaminga yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Kazemironing o'rniga munosib nomzod.
23 yoshli futbolchi joriy mavsum "qirollik klubi" safida 28 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 2 ta assist bor. Futbolchining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



