"Manchester Yunayted" qo'shimcha bo'limlardagi gol evaziga Yevropa ligasining yarim finaliga yo'l oldi

Tolibjon Qosimov
21 apr 2017, 03:08
Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi Yevropa ligasi 1/4 final javob uchrashuvi doirasida Belgiyaning "Anderlext" klubini qo'shimcha bo'limlarda kiritilgan gol evaziga mag'lubiyatga uchratdi (2:1).

Markus Reshfordning 117 daqiqada kiritgan goli MYUni musobaqaning yarim finaliga olib chiqdi.

Yevropa ligasi
Chorak final, javob uchrashuvi

20.04.2017, "Old Trafford"

"Manchester Yunayted" – "Anderlext" 2:1
Gollar:
G.Mxitaryan 10, M.Reshford 107 - S.Xanni 32

"Manchester Yunayted": Serxio Romero, Markos Roxo (Deyli Blind, 23), Erik Bayi, Lyuk Shou, Antonio Valensiya, Jessi Lingard (Maruan Fellayni, 60), Pol Pogba, Maykl Kerrik, Genrix Mxitaryan, Markus Reshford, Zlatan Ibragimovich (Antoni Marsyal, 90).

"Anderlext": Ruben Martines, Mbodji, Ivan Obradovich, Dennis Appia, Uros Spayich, Sofyan Xanni (Nikolae Stanchu, 64), Leander Dendonker, Aleksandru Kipchu (Massimo Bruno, 64), Yuri Tilemans, Frenk Achimpong, Lukash Teodorchik (Isaak Kis Telin, 79).

Ogohlantirishlar: Tilemans (11), Appia (97).

Birinchi o'yin: 1:1.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia