"Manchester Yunayted" qishda "Atalanta" yetakchisini qo'lga kiritmoqchi

Alisher
15 dek 2024
"Manchester Yunayted" bosslari "Atalanta"ning braziliyalik xavbeki Ederson bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini ko'rib chiqishmoqda.

Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda. "Qizil iblislar" bergamoliklar yarim himoyachisini yuqori baholashadi va qishki transfer oynasidayoq braziliyalikning xaridi bo'yicha taklif berishi mumkin. Futbolchining o'zi hozircha "Atalanta"dan kyetish xohishini bildirmadi. O'yinchining xizmatlariga "Liverpul" va "Manchester Siti" ham qiziqmoqda.

Ederson joriy mavsum "Atalanta" safida 22ta o'yinda 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Transfermarkt yarim himoyachini 40 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal