"Manchester Yunayted" Portugaliya terma jamoasi vingeri uchun taklif tayyorlamoqda

Alisher
26 mar 2025, 13:05
"Manchester Yunayted" Lissabonning "Sporting" klubi vingeri Fransishku Trinkanni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi.

25 yoshli futbolchi joriy mavsumda o'zini yorqin ko'rsatmoqda, shu sababli matbuot uni tez orada top-klublardan biriga o'tishi bilan bog'lamoqda.

"Barselona"ning sobiq futbolchisi uchun asosiy da'vogar "Sporting"ning sobiq ustozi Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" hisoblanadi. Jurnalist Saymon Mallokning yozishicha, "qizil iblislar" allaqachon "sherlar" hujum chizig'i yetakchisiga transfer taklifi tayyorlamoqda. Ehtimoliy bitim qiymati 30 mln funt sterlingga (deyarli 36 mln evro) baholanmoqda.

Fransishku Trinkan yaqinda Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi o'yinda (5:2) dubl qayd etib, Portugaliya terma jamoasi safidagi ilk gollarini urdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: stadiumrant.com