"Manchester Yunayted" Pogbani salkam 200 mln evroga sotishga tayyormi?!
Tolibjon Qosimov
4 may 2019, 16:07
"Manchester Yunayted" klubi "Real" katta qiziqish bildirayotgan yarim himoyachi Pol Pogbani qo'yib yuborishga tayyor.
Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, mankunianliklar fransiyalikning sotuvidan 185 million evrodan kam ishlamoqchi emaslar. Bu summaning asosiy qismi MYU tarkibini kuchaytirishga sarflanadi.