"Manchester Yunayted" orqali yana bir futbolchi o'z maoshini oshirib olmoqda

Mirjalol Normatov
19 may 2018, 15:12
"Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, Turin jamoasi rahbariyati futbolchini sotib yubormaslik uchun uning maoshini keskin oshirishgan. Oldinroq u "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasida xabarlar tarqagandi.

Bu mavsumda 27 yoshli futbolchi chempionat doirasida 25 uchrashuvda qatnashdi va 4ta gol urib, 4 golga assistentlik qildi.

Umtiti "Manchester Yunayted"dan foydalangan

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport