"Manchester Yunayted" nima uchun Konte variantidan voz kechgandi?

Aziz Tukhtamuradov
7 yanv 2022
MYU nima uchun Ole-Gunar Sulsherning o'rniga Antonio Konteni olib kelmagani ma'lum bo'ldi.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, manchesterliklar Konte juda talabchan va bu jamoadagi yosh futbolchilarga to'g'ri kelmaydi deb hisoblashgan 

Shuningdek, Kontening qattiqqo'lligi ayni paytda MYU tarkibidagi futbolchilarga ham mos kelmaydi degan havotirlar mavjud bo'lgan.

Natijada Konte "Tottenxem"da ish boshladi, manchesterliklar esa Ralf Rangnikni bosh murabbiy etib tayinlashdi. 

Ayni paytda "Tottenxem" APLda 6, MYU esa 7-o'rinni egallab turibdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Telegraph