"Manchester Yunayted" Matich bilan kelishuvga erishganini rad qilmoqda
Narzulla Saydullayev
24 iyun 2017, 12:01
"Manchester Yunayted" klubi vakillari "Chelsi" yarim himoyachisi Nemanya Matich bilan og'izaki kelishuvga erishilganini rad qilishmoqda.
Agar "ko'klar" "Monako"dan Temua Bakayokoni sotib olishsa Matich ketishi mumkin. Serbiyalik futbolchi uchun asosiy da'vogar sifatida MYU aytilmoqda. Mourinyo Matich bilan aynan "Chelsi"da birga ishlagan.