"Manchester Yunayted" Marsyalni sotadigan ko'rinadi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2018, 20:20
"Manchester Yunayted" forvard Antoni Marsyalni sotishni rejalashtirmoqda.

"Express" xabariga ko'ra, keyingi yili shartnomasi tugaydigan futbolchini mankunianliklar tekinga qo'yib yubormoqchi emas. Ular fransiyalikning transferidan mablag' ishlab olishni rejalashtirishmoqda.

Hozirda Antoni uchun kurashda "Yuventus" favorit bo'lmoqda. Turinliklar futbolchi uchun 25 mln evro to'lashga tayyor turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express