"Manchester Yunayted" Keyn transferidan voz kechdi

Sherzod Nurmatov
15 iyun 2023, 12:40
"Qizil iblislar" boshqa hujumchi qidiradi.

"Manchester Yunayted" bu yozda Harri Keynni sotib olishga urinmaydi, deb xabar berdi "The Guardian". 

"Tottenxem" hujumchisi "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Hagning asosiy maqsadi bo'lib kelgan. Biroq niderlandiyalik mutaxassis boshqa variantlarni izlashiga to'g'ri kelishidan xabardor.

"Tottenxem" prezidenti Deniel Levi Harri Keynni boshqa APL klubiga sotishni istamayapti. "Shporlar" bosh murabbiyi hamon hujumchi 2024 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirishiga ishonmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian