"Manchester Yunayted" Kazemiro bo'yicha qarorni qayta ko'rib chiqmaydi

Sherzod Nurmatov
17 mar 2026, 21:18
"Manchester Yunayted" tayanch yarim himoyachi Kazemiro bo'yicha avval qabul qilingan qaror o'zgarishsiz qoladi.

BBC'ning xabar berishicha, braziliyalik futbolchi mavsum yakunida klubni tark etishi aniq.

Kazemiro yanvar oyida mavsum oxirida MYUdan ketishini ma'lum qilgandi. U Manchester klubida 4 yildan beri o'ynab kelmoqda.

34 yoshli Kazemiro joriy mavsum Angliya chempionati doirasida 29 ta rasmiy o'yinda 7 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.

Avvalroq mish-mishlar darajasida Angliya chempionati yetakchisi bo'lib turgan Londonning "Arsenal" klubi Kazemiroga qiziqish bildirgani aytilgandi.  

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC