"Manchester Yunayted" Kanteni 25 mln. evro evaziga xarid qilmoqchi
Aslanov Jasurbek
12 iyun 2016, 11:10
"Manchester Yunayted" "Lester Siti" yarim himoyachisi N'Golo Kante uchun kurashga qo'shilmoqchi.
Mourinyoning fikricha, Kante jamoani kuchaytira oladi.
Oldinroq futbolchiga "Arsenal", "Chelsi" va PSJ qiziqish bildirayotgan edi. Shartnomada ko'rsatilgan 25 mln. evroni to'lagan klub Kanteni xarid qilishi mumkin.