"Manchester Yunayted" Kante bo'yicha muzokaralarni boshladi

Alisher
28 sen 2020, 11:47
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante faoliyatini boshqa bir APL klubida davom ettirishi mumkin.

"Manchester Yunayted" 29 yoshli xavbek bilan shartnoma imzolamoqchi. Klub bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher anchadan buyon fransiyalik futbolchini kuzatadi va Kantening transferini "qizil iblislar" uchun muhim deb hisoblaydi. Tomonlar muzokaralarga kirishishgan.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, yarim himoyachiga Milanning "Inter" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Kantening "aristokratlar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mirror