

Ma'lumotlarga ko'ra, mankunianlarning 3 kishilik ro'yxatidan quyidagi futbolchilar joy olishgan: Garri Maguayr ("Lester Siti"), Leonardo Bonuchchi ("Milan") va Tobi Alderveyreld ("Tottenxem"). Ayni damda "Manchester Yunayted"ning asosiy maqsadi "tulkilar" 73,6 mln. evro talab qilayotgan Maguayr.
"Qizil iblislar" rahbariyati Joze Mourinyoni Maguayr xarid qilinsa, jamoaning hozirgi himoyachilaridan biri klubni tark etishini ogohlantirdi. Mankunianlar katta ehtimol bilan Markos Roxoni transferga qo'yadi.



