"Manchester Yunayted" himoyachisi Lindelyof Shvetsiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi

Alisher
30 mar 2021, 18:24
"Manchester Yunayted" va Shvetsiya terma jamoasi himoyachisi Viktor Lindelyof "shaxsiy sabablarga ko'ra" jamoa yig'inini tark etdi.

Bu haqda Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyining yordamchisi Peter Vettergren xabar berdi.

26 yoshli futbolchi 31 mart kuni bo'lib o'tadigan Estoniya terma jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.

Oldinroq Lindelyof JCH saralashi doirasidagi Gruziya (1:0) va Kosovo (3:0) terma jamoalariga qarshi o'yinlarda 90 daqiqadan harakat qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal