"Manchester Yunayted" futbolchilari yana mashina turar joyida mashg'ulot o'tkazishdi FOTO

Narzulla Saydullayev
18 okt 2016, 10:45
Joze Mourinyo o'zining boshqalarga o'xshamasligini isbotlashda davom etmoqda.

Kecha bo'lib o'tgan "Liverpul" - "Manchester Yunayted" uchrashuvidan oldin "qizil iblislar" "Enfild" stadioni yonida joylashgan mashinalar turar joyida mashg'ulot o'tkazishdi. O'tgan-ketganlar yuzlarida kulgu bilan futbolchilarni tomosha qilishdi.

Eslatib o'tamiz, Mourinyo bunday o'zgacha mashg'ulotlarni birinchi marta o'tkazmayapti. Angliya liga kubogi doirasidagi "Nortxempton"ga qarshi o'yindan oldin ham futbolchilar mashina turar joyida shug'ullanishgandi.

Xabaringiz bor, "Liverpul" - "Manchester Yunayted" o'yinida 0:0 hisobi qayd etildi.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia