Ikkita penalti "Manchester Yunayted"ga "Everton" ustidan g'alabani taqdim etdi

Khoja
9 mar 2024
APL 28-turida Manchester Yunayted – Everton o'zaro bahsi boshlandi.

Jamoalarining boshlang'ich tarkibi bilan tanishing

Manchester Yunayted – Everton 2:0 

9 mart, 15.30, Old Trafford

Gol: 12 - Brunu Fernandesh, 36 - Reshford

Manchester Yunayted – Onana, Diogu Dalot, Evans, Varan, Lindelef, Kazemiro, Brunu Fernandesh, Maktominey, Maynu, Garnacho, Reshford.

Everton – Pikford, Godfri, Tarkovski, Brentueyt, Mikolenko, Xarrison, Dukure, Garner, Onana, Betu, Maknil.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

88. O'zgarish: Yusef Chermiti maydonga tushdi. U Vitaliy Mikolenkoni alishtirdi

83. O'zgarish: Garnacho maydonni tark etdi, uning o'rniga Antoni maydonga tushdi 

82. Dominik Kelvert-Lyuinning boshi bilan yo'llagan zarbasini Onana ushlab oldi

79. O'zgarish: Amrabat Meynuning o'rniga maydonga tushdi

77. Onananing chalqancha yo'llagan zarbasini Onana ushlab oldi

76. Dominik Kelvert-Lyuin yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. U bir metrdan to'pni darvozaga joylay olmadi

75. O'zgarish: Eshli Yang Jarred Brantueytni alishtirdi

69. Ogohlantirish: Maktominey hakam tomonidan ogohlantirildi

62. Brununing ajoyib zarbasini, Pikford qiyinchilik bilan qaytardi

61. O'zgarish: Andre Gomesh va Dominik Kelvert-Lyuin va Lyuis Dobbin maydonga tushdi. Ular Dukure, Beto va Xarrison maydonni tark etdi.

60. Brunu ajoyib uzatmani amalga oshirdi, biroq Garnacho to'pni darvozaga joylab qo'ya olmadi

54. Garnacho bugun juda ham zo'r o'ynamoqda. Argentinalik futbolchining zarbasi ustundan o'tib ketmoqda

48. Everton ikkinchi bo'limni ham hujumlar boshladi. Hozircha mezbonlar yaxshi himoyalanmoqda

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi

45. Garnacho yana penalti ishlashi mumkin edi, biroq hakam bu safar jim

42. ZARBA. Duayt Maknilning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

41. Mezbonlar navbatdagi hujumini uyushtirishga harakat qildi, biroq Everton himoyasi yaxshi harakat qildi

36. GOOOL. Reshford ham 11 metrli imkoniyatdan foydalandi

34. Garnachoni yana jarima maydonchasining ichida yiqitishdi. Hakam yana penalti belgiladi

28. Brunu dubl qayd etishi mumkin edi, biroq Pikforddan dahshatli seyv

27. Amadu Onana hakam tomonidan ogohlantirildi

25. Jeyms Garnerning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytarmoqda

19. Jek Xarrisonning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

13. Duayt Maknil super gol urishi mumkin edi, biroq uning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

12. GOOOL. Brunu hisobni ochmoqda. Mezbonlar uchrashuvni yomon boshlab, hisobni ochmoqda

10. Garnacho jarima maydonchasida yiqitildi va hakam penalti belgiladi

8. ZARBAA. Kazemironing boshi bilan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi.

6. Dukurening uzatmasini mezbonlar burchakka chiqarib yubordi. Ustunlik Evertonda

2. Mehmonlar dastlabki daqiqada ajoyib imkoniyatga ega bo'ldi, biroq Onana yaxshi harakat qildi

Uchrashuv boshlandi


KhojaMuallif
Manba: championat.asia