

"Qizil iblislar" angliyalik futbolchi jamoaga yetishmayotgan klassni olib keladi deb hisoblamoqda. "Kristal Pelas" Ezening transferidan 50 mln funt (58,5 mln evro) ishlab olmoqchi. Takidlanishicha, "Manchester Yunayted" ushbu kelishuvga vinger Markus Reshfordni ham qo'shishi mumkin.
Eze joriy mavsum barcha musobaqalarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 55 mln evroni tashkil etadi.




