"Manchester Yunayted" de Xea o'rniga ikki nafar darvozabon topib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
8 apr 2019, 10:32
"Manchester Yunayted" klubi darvozabon David de Xeaning etimoliy ketishiga tayyorlanyapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qizil iblislar" ispaniyalik o'rniga ikki nomzodni topib qo'yishdi. Agar 28 yoshli posbon shartnomani uzaytirishni xohlamasa va jamoasini o'zgartirsa, mankunianlar "Everton" darvozaboni Jordan Pikford yoki "Atletiko" futbolchisi Yan Oblakni xarid qilishga urinib ko'radi.

Joriy mavsum de Xea "Manchester Yunayted" safida 39ta o'yin o'tkazib, 48ta gol o'tkazib yubordi.

Pikfordning bozor narxi 40 mln. evro, Oblakniki esa ikki baravar qimmat.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express