

Oldinroq MYU "Cheli" yarim himoyachisi Nemanya Matichni xarid qilishi mumkinligi haqida e'lon qilingan edi, biroq mankunianlar Romelu Lukakuni sotib olishi ma'lum bo'lganidan so'ng, "ko'klar" Matichni "qizil iblislar" safiga qo'yib yuborishi qiyin bo'ladi. Natijada MYU yana Dayerga qiziqib qoldi.
Oldinroq "shporlar" 23 yoshli futbolchi borasidagi taklifni rad etishgan edi. Yangi taklif narxi 50 mln. funt bo'lishi mumkin.



