"Manchester Yunayted" darvozabonini sotadi

Alisher
8 sen 2020, 17:37
"Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romero klubdan ketadi.

"Qizil iblislar" ijaradan Din Xendersonni ortga qaytarishdi, shu sabab klub ortiq 33 yoshli darvozabonga ehtiyoj sezmayapti.

Serxio Romero 2015 yildan buyon MYUda harakat qiladi. Bunga qadar esa "Monako", "Sampdoriya", AZ va "Rasing" (Avelyaneda) klublarida to'p tepgan.

Darvozabon 2009 yildan buyon Argentina terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Express Sport