"Manchester Yunayted" Dalotni saqlab qolmoqchi va Van-Bissakani sotmoqchi

Alisher
2 iyun 2022, 15:25
"Manchester Yunayted" kelasi mavsumda kim asosiy o'ng qanot himoyachi bo'lishini aniqlab oldi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, himoyachi Diogu Dalot Angliya klubida qoladi.

Qayd etish kerakki, faqatgina katta pulgina manchesterliklarni 23 yoshli portugaliyalikni sotishga majbur qilishi mumkin.

Shu bilan birga, "qizil iblislar" yozgi transfer oynasida himoyachi Aaron Van-Bissaka borasidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano