

Ma'lum bo'lishicha, "qizil iblislar"ning asosiy transfer maqsadi "Atletiko" forvardi Antuan Grizmann bo'lib qolmoqda. Agar fransiyalik bilan kelishib bo'lmasa, ro'yxatning keyingi bandida Obameyyang bo'ladi.
MYUga gabonlik uchun kurashda "Tyanczin Cyuanczyan" raqobatchilik qilishi mumkin. Xitoy klubi rahbariyati 27 yoshli forvardga yillik 50 mln. evro maosh taklif qildi. Futbolchining oilasi Xitoyga ko'chib o'tishni maqul ko'rmoqda.



