

Markaziy qarama-qarshilik "Manchester Yunayted" va "Barselona" o'rtasida bo'ladi (dastlabki o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgan).
UEFA rasmiy sayti sahifalarida hakamlar tayinlanishi haqidagi ma'lumotlar e'lon qilindi. Unga ko'ra, “Old Trafford”da fransiyalik Kleman Tyurpen brigadasi ishlaydi. VARda esa Tyurpinga hamyurtlari Jerom Brisar va Villi Delajo yordam berishadi.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" - "Barselona" uchrashuvi 24 fevralga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.



