"Manchester Yunayted" "Barselona" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
24 sen 2021, 20:44
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, "Manchester Yunayted" 24 yoshli francuz futbolchisiga da'vogarlik qilmoqda. Futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Hozirda klub rahbariyati forvard bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda.

O'tgan mavsumda Dembele 44 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan hamda 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Nacional