"Manchester Yunayted" Amrabat bilan ilk muzokaralarni o'tkazdi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2023, 19:42
"Manchester Yunayted" "Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

"Sky Sport" jurnalisti Florian Plettenbergning xabar berishicha, tomonlar dastlabki muzokaralarni o'tkazishgan. 26 yoshli futbolchi ham "Bavariya" ro'yxatida, ammo bu bosqichda konkret hech narsa yo'q.

Futbolchi 2020 yilning yozidan buyon "Fiorentina"da o'ynamoqda, uning shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 30 mln evroga baholamoqda.

Amrabat 2022/23 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal