"Manchester Yunayted" A Seriyadagi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher Ostonov
27 dek 2025, 13:47
"Roma"ning 24 yoshli xavbeki Manu Kone faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Fransiyalik yarim himoyachini "Manchester Yunayted" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Kone "qizil iblislar"ning niderlandiyalik hujumchisi Joshua Zirkzeening Rim klubiga transferi bo'yicha bitimning bir qismiga aylanishi mumkin. Manuning o'zi ham mankunianlarga qo'shilishga tayyor.

Joriy mavsumda yarim himoyachi "bo'rilar"ning 21 ta o'yinida ishtirok etib, bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Konening transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2029 yilning yozida tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Teamtalk