"Manchester Yunayted" 16 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga yaqin

Sherzod Nurmatov
7 may 2020, 23:08
"Manchester Yunayted" "Sanderlend" hujumchisi Jo Xagillni xarid qilmoqda.

"Sanderlend" U23 yoshlar jamoasining 16 yoshli o'yinchisi Angliya Premer-ligasi kelishuvni maqullaganidan so'ng, mavsum oxirida mankunianlar akademiyasiga ko'chib o'tadi.

Oldinroq, Xagillga "Arsenal" va "Tottenxem" ham qiziqayotganligi ma'lum bo'lgandi. 

Bundan tashqari, "Manchester Yunayted" "Sigma" klubi va Chexiya o'smirlarlar terma jamoasining 16 yoshli darvozaboni Radek Vitekning transferini ijobiy hal etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian