"Manchester Yunayted" – "Xall". Runi o'yinni o'tkazib yuboradigan ko'rinadi

Aziz Tukhtamuradov
6 may 2014, 20:47
"MYU" hujumchisi Ueyn Runining bugun "Xall"ga qarshi bo'ladigan o'yindagi ishtiroki so'roq ostida turibdi.

Hujumchi hali hamon tiklanish jarayonini boshdan o'tkazmoqda.

"Ko'p ehtimolki, Ueyn o'yinda ishtirok eta olmaydi. U hali jarohatidan to'liq forig' bo'lgani yo'q. Lekin, uni holatini kuzatishda davom etmoqdamiz.

Rafael so'nggi kunlardagi mashg'ulotlarda o'zini yaxshi tomonlama ko'rsatdi. Balki u qolgan ikkita o'yinda maydonga tushar", - deb aytib o'tdi "MYU" bosh murabbiyi v.v.b Rayan Giggz.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru