"Manchester Siti"ning yaponiyalik futbolchisi Bundesligaga yo'l oldi

Mirjalol Normatov
3 iyul 2022, 11:54
Yaponiyalik himoyachi Ko Itakura "Manchester Siti"dan Menxengladbaxning "Borussiya"siga o'tdi.

Itakura nemis jamoasi bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. U 2019 yil yozida "Kavasaki Frontale" jamoasidan "shaharliklar" tarkibiga ko'chib o'tgan, biroq asosiy jamoada umuman maydonga tushmagandi.

O'tgan mavsumlar davomida u Niderlandiyaning "Groningen" va Germaniyaning "Shalke-04" jamoalari tarkibida ijara asosida harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal