

4 iyun kuni Angliya Premer-ligasida mavsumning ramziy jamoasi e'lon qilindi. Undagi eng katta o'rinni "Manchester Siti" band qilgan, "shaharliklar"ning olti nafar futbolchisi ramziy jamoaga kiritilgan.
APL ramziy jamoasi bilan tanishing: Ederson (Manchester Siti) - Joau Kanselu (Manchester Siti), Jon Stounz (Manchester Siti), Ruben Diash (Manchester Siti), Lyuk Shou (Manchester Yunayted) - Kevin de Bryuyne (Manchester Siti), Ilkay Gyundogan (Manchester Siti), Bruno Fernandesh (Manchester Yunayted) - Xarri Keyn (Tottenxem), Muhammad Saloh (Liverpul), Son Xen Min (Tottenxem).



