"Manchester Siti"ning jarohatlangan futbolchilari safiga yana bir o'yinchi qo'shildi

Administrator
15 noya 2023, 20:58
Mateush Nunesh klubda hisob bo'yicha jarohat olgan ettinchi o'yinchiga aylandi.

"Manchester Siti" klubi futbolchisi Mateush Nunesh Portugaliya terma jamoasi yig'inlarini jarohati sabab tark etdi.

A Bola nashrining yozishicha, "Man Siti" yarim himoyachisi terma jamoa mashg'ulotlari paytida mushaklarida noqulaylik sezgan. Tegishli tekshiruvlar Nuneshning Evro-2024 saralash o'yinlarida (Lixtenshteyn va Islandiya) maydonga tusha olmasligini ko'rsatgan.

Shu tariqa, Nunesh "Man Siti"ning ayni damda jarohat olgan ettinchi o'yinchisiga aylandi. Ayni damda Natan Ake, Ederson, Mateo Kovachich, Jon Stounz, Serxio Gomes va Kevin De Bryuyne jarohat sabab "Siti" tarkibida maydonga tusha olishmayapti.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: A Bola