"Manchester Siti"ga yangi kelgan Sherki: "MYUni yo'q qilish uchun ular bilan o'yinni kutyapman"

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2025, 12:06
Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi vingeri Rayan Sherki "Manchester Yunayted"dan qasos olmoqchi ekanligini aytdi.

Futbolchi bu yil "Lion" tarkibida Yevropa Ligasining chorak finalida "Manchester Yunayted" bilan to'qnash kelgan. Birinchi o'yin 2:2, javob o'yini 4:5 hisobida yakunlangan.

"Men bu erga har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun kelganman. "Manchester Yunayted"ning "Lion"ni mag'lub etgani yoqmagan, chunki men lionlikman. Endi ularni yo'q qilish uchun o'zaro o'yinni kutyapman", – dedi Sherki.

Futbolchining "Manchester Siti"ga o'tishi 10 iyun kuni ma'lum bo'ldi. Vinger o'tgan mavsum "Lion" safida 44 o'yinda qatnashib, 12 ta gol urgan va 20 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN