"Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan "Liverpul" muxlislari uchun xushxabar

Tolibjon Qosimov
2 yanv 2019, 20:51
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.

Bu haqda "Liverpool Echo" nashri xabar berdi. Bunday holatda 32 yoshli ingliz APL 21-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Milner mushaklar bilan bog'liq muammo sabab 20-tur doirasidagi "Arsenal"ga qarshi bellashuv (5:1)da qatnasha olmagan edi.


Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" - "Liverpul" bahsi ertaga tunda 01:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Liverpool Echo