

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining ma'lum qilishicha, himoyachi jiddiy jarohatdan so'ng safga qaytishga tayyor. U 232 kunni jarohat tufayli o'tkazib yuborgan edi.
Murabbiyning so'zlariga ko'ra, braziliyalik 9 aprel kuni "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi o'yinida ishtirok etishga tayyor.
"Militao muhim futbolchi. Imkoniyatlar 50ga 50 emas, 70 "yo'q" foydasiga, 30 "ha"ga" - dedi Anchelotti.



