“Manchester Siti”ga Kanselu uchun kurashda jiddiy raqobatchi chiqib qoldi

2 iyul 2019, 09:45
Joau Kanselu uchun “Bavariya” ham kurashga qo'shildi.

Avvalroq Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Joau Kanselu faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishi haqida xabar berilgandi. Inglizlar portugaliyalik futbolchi uchun ma'lum miqdorda mablag' va Daniloni berishi aytilgandi. Ammo endi “Bavariya” klubi ham Kanselu uchun kurashga qo'shildi. Turinliklar himoyachining transferidan 54 mln funt ishlashni ko'zlab turibdi.

Joau o'tgan mavsum A Ceriyada 1 ta gol urib, 5 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports