"Manchester Siti"da yangi sardor kim bo'lishini aniqlab olishdi. U De Bryuyne emas

Omonjon To`xtamirzayev
9 yanv 2024, 19:09
"Manchester Siti" Belgiya terma jaomasi yarim himoyachisi Kevin De Bryuynening safga qaytganidan keyin asosiy yangi sardorni aniqlab oldi.

Sarorlik bog'ichi angliyalik Kayl Uokerga ishonib topshirildi. De Bryuyne esa jamodagilar tomonidan vice-sardor sifatida tanlandi.

Eslatib o'tamiz, jamoaning sobiq sardori Ilkay Gyundogan "Barselona"ga ketgach, "shaharliklar" yetakchilar guruhini aniqlab olishdi. Bu guruhga: De Bryuyne, Uoker, Rodri, Ruben Diash va Bernardu Silva kirdi. Mavsumoldi uchrashuvlarida angliyalik futbolchi jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushgandi. APL 1-turi doirasida esa sardorlik bog'ichi De Bryuyneda edi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: www.manchestereveningnews.co.uk