"Manchester Siti"da avgust oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2022, 11:15
Kutilganidek, hujumchi Erling Holand "shaharliklar"ning avgust oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Forvard ushbu etirof uchun kurashda yarim himoyachilar Bernardu Silva va Kevin de Bryuyneni ortda qoldirdi. Holand o'tgan oyda 5 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

22 yoshli Holand yozgi transfer oynasida "Borussiya D"dan 60 million evro evaziga sotib olingandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com